Hayrat

DARYOLAR GUVILLAB CHOPAR DENGIZGA,
QUSHLAR XAYOLINGNI ZAVQQA O‘RAYDI.
ZAMIN MO‘JIZALAR BERARU BIZGA
EVAZIGA FAQAT HAYRAT SO‘RAYDI.

MUALLIF HAQIDA

Rahmon Qo‘chqor

Rahmon Qo‘chqor 1961-yil 18-iyunda Andijon shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning o‘zbek filologiyasi fakultetini 1987-yili tamomlagan.

1991-yilda “Abdulla Qahhor romanlarining ijodiy tarixi” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. “Iste’dod qadri”, “Men bilan munozara qilsangiz”, “Qarz berilgan nur” singari kitoblar, maktab darsliklari muallifi.

Rahmon Qo‘chqor – o‘tgan asrning 90-yillarida ekran yuzini ko‘rgan “Tuyg‘u”, “Bahs, munozara, tahlil”, “Surat va siyrat”, “O‘zlik”, “Hayrat” va boshqa bir qator ko‘rsatuvlar muallifi.

Toshkent davlat universitetining filologiya fakulteti, Alisher Navoiy nomidagi Nafis san’at litseyi, O‘zbekiston televideniyesi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni hamda Vazirlar Mahkamasida ishlagan. Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetida faoliyat yuritadi.

2006-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

YouTube kanalimizga obuna bo‘ling

So‘nggi ko‘rsatuvlar

26-fevral, 2025-yil
Gʻafur Gʻulom va uning "Shum bola" qissasi haqida fikrlar. Olomon hodisasi

"HAYRAT" ko'rsatuvi #4

21-dekabr, 2024-yil
«G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q» asari asosida urush haqida fikrlar

"HAYRAT" ko'rsatuvi #3

23-noyabr, 2024-yil
"KICHKINA SHAHZODA" asari tahlili

"HAYRAT" ko'rsatuvi #2

19-oktabr, 2024-yil
Alisher Navoiy va uning "MUNSHAOT" asari

"HAYRAT" ko'rsatuvi #1

26-may, 2024-yil
MAYLIMI, O‘ZBEKISTON DEGAN DAVLAT QURSAK?

"Lolazor" podkasti

13-may, 2024-yil
"OʻZBEK ISHI", "QATAGʻON", MAOSH, TARBIYA, DOMLALARIMIZ

YETUK TV

22-fevral, 2023-yil
"Qaqnus" korsatuvi: SHAVKAT RAHMON HAYOTI VA IJODI HAQIDA

«Madaniyat va Ma’rifat» telekanali

2023-yil
«TUNDALIKLAR» ko’rsatuvi: Rahmon Qo’chqor bilan intervyu

«Madaniyat va Ma’rifat» telekanali

2022-yil
«Birgalikda o’qiymiz» ko’rsatuvi: «Bovari xonim» romanining muhokamasi

«Madaniyat va Ma’rifat» telekanali

1-mart, 2022-yil
"Bitmas xazina" ko‘rsatuvi: Ozod Sharafiddinov xotirasi

«UZREPORT TV» telekanali

2022-yil
«Birgalikda ko’ramiz» ko’rsatuvi: «Kakku uyasi uzra parvoz» filmining muhokamasi

«Madaniyat va Ma’rifat» telekanali

13-aprel, 2019-yil
Rahmon Qo‘chqor bilan suhbat

Kun.uz

18-iyul, 2018-yil
MEN BILGAN HAQIQATLAR

"Madaniyat va Ma'rifat" telekanali

Premyera

«HAYRAT» ko‘rsatuvining 2-mavsumiga xush kelibsiz!

Ibtido Alisher Navoiyning «Munshaot» asaridan

Maqolalar

Publitsistika
Yanvar 2, 2025

TASHLANDIQ HOVLIDA YONAYOTGAN OLOV

Darhaqiqat, Navoiy hazratlari topib aytganlar: “Bu gulshan sahnida gul ko‘p, chaman ko‘p”. Bu gul va chamanlarning har birini o‘z husni, malohati va tarovati bor. Yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan teatrlar, ularning repertuarlariga…
Publitsistika
Sentabr 9, 2024

SULAYMON O‘LIMINI KUTADIGAN DEV VA JINLAR

Odamzot hayoti mazmunini tashkil qiluvchi ikki tarkibiy qism: dunyoviylik va diniylik o‘rtasida murosaga erishish har qanday jamiyatning kelajagini belgilovchi jiddiy mezon hisoblanadi. Ushbu ikki omil o‘rtasida muvozanatning yo‘qolishi esa qator…
Adabiyotshunoslik
Sentabr 8, 2024

Zigmund Freyd yoxud “dardingni olay, birodar” taʼlimoti

Avstriyalik mashhur faylasuf, psixolog va psixiatr Zigmund Freyd (toʻliq ismi sharifi Sigizmund Shlomo Freyd) 1856-yilning 6-may kuni oʻsha paytda Avstriya imperiyasi tarkibiga kiruvchi Moraviyaning Frayberg shaharchasida tavallud topgan. Hozir Prishibor…
“

Milliy adabiyotshunoslik nuqul adabiyotning orqasidan boruvchi, sharhlovchi va izohlovchilik rolidan qutulib, avtonom san’at turiga, dunyoga katta falsafiy va estetik fikr beradigan tafakkur sohasiga aylanmog‘i lozim. Adabiy asarni filologik mezonlar bilangina tahlil qilish uning yagona vazifasi bo‘lmay, balki san’at uchun yangi-yangi mavzular, muammolar taklif etish, undan-da oldinda yurish adabiyotshunoslikning xos jihatiga aylanishi kerak. Shunda u falsafaga yaqinlashadi, to‘g‘rirog‘i, chuqur falsafani ham o‘zida aks ettiradi, inson haqidagi haqiqatni falsafadan ko‘ra jozibaliroq tarzda sintezlaydi…

“

Odamzodning – olimning, publisistning, faylasufning hamma narsa haqidagi, xususan, tarix to‘g‘risidagi mulohazalari ham, beistisno, nisbiy qimmatga ega. Garchi ko‘plab faktlar asosiga qurilgan, uzoq va har tomonlama tekshiruvdan o‘tgan manbalarga suyangan bo‘lmasin, baribir, bizga eng to‘g‘ri bo‘lib tuyulgan xulosalar ham nisbiydir. Chunki dunyoning, tiriklikning o‘zida xulosa yo‘q. Chunki insonning olam va odam haqida ojiz mulohazaga kirishuvi, u yaralibdiki, uzluksiz davom etyapti. Dunyoning oxiriga yetdim, so‘nggi haqiqatni men aytdim, deganning zavoli tayin. Shu yerda, o‘rni ekan, Kaykovusning “Qobusnoma”sida bayonini topgan, podshoh Xisrav Parvez qo‘lidagi dono vazir Buzurgmehrning so‘zlari yodga keladi: “Hamma narsani hamma bilur, ammo hamma narsa hanuz onadin tug‘ilmamishdur…”

“

Mutelikni bo‘yniga olgan odamdan eng kam talab etiladigan narsa bu – uning fikrlashidir. Mustaqil, ozod odam esa muttasil fikr yuritmog‘i, o‘z erkini saqlash g‘amini yemog‘i kerak. Bu umrda o‘zibo‘larchilik bilan ham, kampaniyachilik bilan ham ish bitmaydi.

“

“Otamdan qolgan dalalar” sahnaga yakka shaxsni, ayrim insonlar xarakterinigina emas, balki inson qiyofasiga singdirilgan, yana ham to‘g‘rirog‘i, insoniy qiyofa o‘rnini egallab olgan, odam bolasini, butun bir millatni o‘zi to‘g‘risidagi tushunchadan mahrum etgan tuzumlar, mafkuralar, davrlar xarakterini, ruhiyati, maqsad va mohiyatini ham olib chiqdi. Xuddi shu tufayli romanning asosiy qahramonlari ismi ortidan bitta odamni emas, kamida bitta tuzumni, kamida bitta millatni, kamida bitta mafkurani izlash to‘g‘riroq bo‘ladi va bunga muallif ham ochiq ishora qiladi.

“

Barcha mustabid tuzum va uning “dohiylari” ko‘targan bayroqda, bir shior – yo oshkora yoxud pinhona – albatta, bo‘ladi: jamiyatdan shaxslarni yo‘qotish! Zero, shaxssiz ommani xohlagan shaklga solish, istalgan kuyga muqom qildirish mumkin.

“

Insoniyat tarixida o‘tgan jamiki bosqinlar natijasi – istilo qilingan elni yashashni unutib, tirikchilik qilibgina kun o‘tkazishga ko‘ndirish, bu ikki tushunchaning o‘rnini almashtirib yuborish bo‘ldi. Hozir ham shunday. Bu muddaoni bir bosqinchi qo‘polroq, ibtidoiyroq usullarda amalga oshirgan bo‘lsa, boshqasi juda ustalik bilan, nafsiy-madaniy yo‘l bilan hayotga tatbiq etdi.

“

“Lolazor” romani muallifi Murod Muhammad Do‘stning “jilmayishlari”ga, yaxshi ma’noda, ishonib bo‘lmaydi va uning romanini jilmayib yig‘langan dard izhori sifatida o‘rganmoq kerak. Butun asar davomida jiddiy ohang va istehzo muvozanati shunday tutib turiladiki, na ko‘zyoshlar nigohni xiralashtiradi va na kulgi aqlni o‘g‘irlaydi. Lekin bu aslo “o‘tmish bilan kulib xayrlashish” (K.Marks) ham emas.

“

Inson sifati uning nima ishlar qilgani bilangina emas, ne ishlarni qilmagani, ulardan o‘zini cheklay olgani bilan ham belgilanadi.

“

Hayot atalmish nozik bir sinov, ikki yo‘qliq oralig‘ida oliy hukm-la paydo bo‘lgan yurakning omonat tipirlashi davomida ko‘zning, aqlning, qo‘lning, lunjning talvasasini o‘zida mujassam etgan NAFS o‘z inqiroziga ham manfaat yuklashi, bu o‘lik va tirik manfaatlar olomondan xalqqa aylanishga shoshilmayotgan millionlab kishilarning hozircha anglanmagan manfaati ustidan kun ko‘rayotgani – “Lolazor” romanining asosini ushlab turgan g‘oyaviy va badiiy zamindir.

“

Bola biror buyumni yoxud o‘yinchoqni buzar, sindirar ekan, demak, u qiziqyapti, o‘zicha izlanyapti, shu narsaning tarkibini, tuzilishini o‘rganishga urinyapti. Buning nimasi yomon? Qolaversa, o‘yinchoqning buzilishi uning “qismati” hisoblanadi. Ya’ni agar bola “otam buni falon pulga sotib olgan, ehtiyot qilishim kerak” deb o‘ylay boshlasa, demak, uning bolaligi allaqachon tugabdi. Menimcha, bolaning qiliqlari aksariyat holatlarda uning fikriy o‘sishiga, mustaqil harakat ko‘nikmalarini hosil qilishiga, o‘zi uchun nihoyatda qiziqarli va sirli bo‘lgan dunyoni, narsalar tabiatini bilish yo‘lidagi dastlabki urinishiga xizmat qiladi va buni faqat to‘g‘ri tushunish, shunga chidash kerak.

“

Bu shafqatsiz olamda inson san’atdan o‘ziga panoh topadi. Ruhi unda emin-erkin nafas oladi, jilva ko‘rsatadi, eshilib raqsga tushadi. Shu jihatdan men san’atni yaxshi ma’nodagi og‘u, mast qilguvchi giyohga o‘xshataman. San’at olamida yashayotgan inson tirikchilikning mayda tashvishlaridan bir muddat chetlanadi, o‘zining mohiyatiga, ruhi rohat topadigan olamga qaytadi. San’at insonga uning naqadar qudratli ekanini eslatib turadi. Uni mudrashdan asraydi, o‘zining tabiatiga xiyonat qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Biroq bu narsalarning bari san’atga oshufta ko‘ngillargagina nasib qiladi. Aytilgan quvvatga ham, boya eslatganimdek, chin san’atgina egadir.

“

Kamalakdek rang-barang tili, urf-odati, madaniyati, adabiyot va san’ati bilan xalqlar bir-birlarini to‘ldiradi, biri hali yetishmagan mo‘jizalarga boshqasi ertaroq duch keladi, o‘zaro o‘rganish, taqlid qilish asnosida yagona insoniyat sivilizatsiyasi barpo bo‘ladi.

“

Sharq va G‘arb madaniyatini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish tamoyili qanchalar xavfli bo‘lsa, ular o‘rtasidagi jiddiy farqlar, o‘ziga xosliklarni pisand etmaslik ham shunchalar zararlidir.

“

Adabiyot va san’atga ma’lum bir ijtimoiy-siyosiy voqelik, o‘zgarish prizmasi orqali qarash, shu voqelik yoxud mafkura mezonlaridan kelib chiqib baho berish uning (san’atning!) mohiyatini ochish yo‘liga ongli tarzda qo‘yilgan dastlabki to‘siqdir. Mustabid tuzum yo‘l-yo‘rig‘i-yu mafkurasini qo‘ying, hatto eng ilg‘or, eng gumanistik g‘oyalar ham san’at uchun mezon, etalon bo‘la olmaydi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning o‘lchovlari, qadriyat va mohiyati bir olam bo‘lsa, san’at dunyosining ayni unsurlari mutlaqo o‘zgacha bo‘lishi mumkin, aksariyat hollarda ular bir-biriga zid ham keladi. Negaki, aql va jismning ozig‘i boshqa, ruh va ko‘ngilning g‘izosi mutlaqo o‘zgadir. Birining to‘yib-to‘yingani ikkinchisining haqini o‘marishdan yuzaga kelishi ko‘p kuzatilgan.

“

Dunyodagi boshqa biror jiddi-jahd u yoxud bu millat to‘g‘risida adabiyotchalik ta’sirli, ko‘lamli va jonli ma’lumotni berolmasa kerak. Ana shu ma’noda, menimcha, Erix Mariya Remark romanlarini o‘qigan odam olmon tilini bilmay ham chinakam nemis bilan bemalol til topishib keta oladi.

“

Millionlab kishilar ongini, tasavvurini, dunyoqarashini, kayfiyatini kerakli tomonga burish, millionlab yuraklarda nafrat yoxud sevinch tuyg‘ularini ko‘z yumib ochguncha hosil qilish, bir so‘z bilan aytganda, olomonni manipulyatsiya qilish bugungi mass-medianing asosiy yumushiga – maqsad-muddaosiga aylantirib bo‘lingan. Bir voqea-hodisa haqida shunchalik ko‘p va rang-barang axborot tarqaladiki, odam ular orasidan qay biriga quloq tutishni, ishonishni bilmaydi, natijada, bu odamda sog‘lom va xolis orientatsiya hissi o‘tmaslashib, susayib boradi, oxir-oqibat u hamma narsaga, jumladan, muhim xabar-ma’lumotlarga ham befarq, loqayd, hafsalasiz qaraydigan, hech narsaga ishonmaydigan, e’tiqodsiz kimsaga aylanadi. Mana shunday kishilardan esa olomon yasash, vujudga keltirish ancha oson kechadi.