Rahmon Qoʻchqor muallifligidagi «Oqibat» koʻrsatuvining ilk soni mashhur oʻzbek shoiri Shavkat Rahmon xotirasiga bagʻishlangan. Unda shoirning yaqin doʻstlari va shogirdlari – Usmon Azim, Murod Muhammad Doʻst, Xurshid Davron, Asqar Mahkam, Ahmad A’zam, Iqbol Mirzolar ishtirok etib, Shavkat Rahmonni xotirlashgan.

TAS-IX da ko‘rish uchun:


Shavkat Rahmonning qisqacha tarjimai holi

Iste’dodli shoir Shavkat Rahmon 1950-yilning 12-sentyabrida O‘sh viloyatining Qorasuv tumaniga qarashli Pomir mahallasida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.

1966-yilda o‘rta maktabni tugatgach, qurilishlarda, viloyat bosmaxonasi va gazetasida ishlaydi.

1973-yilda Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitirgach, Toshkentga ko‘chib kelib, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir va bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mas’ul xodim bo‘lib ishlaydi. U shoir sifatida o‘zining takrorlanmas ovozi bilan tengdoshlaridan ajralib turardi.

U uzoq davom etgan og‘ir xastalikdan keyin 1996-yil kuzida olamdan o‘tdi. Shoirning dastlabki she’rlari O‘sh viloyat gazetalarida bosiladi.

Birinchi she’riy to‘plami «Rangli lahzalar» (1978). Shoirning «Yurak qirralari» (1981), «Ochiq kunlar» (1983), «Gullayotgan tosh» (1984), «Uyg‘oq tog‘lar» (1986), «Hulvo» (1988) kabi bir qator she’riy to‘plamlari bosilib chiqadi.

Shoirning o‘z qo‘li bilan tayyorlagan, ammo vafotidan keyin nashr etilgan «Saylanma» to‘plami (1997)ni ko‘zdan kechirsangiz, butun ijodi davomida yaratilgan sara asarlari qatorida xastalik damlarida bitilgan she’rlarga ham duch kelasiz.

Shavkat Rahmon tarjimon sifatida taniqli ispan shoiri Lorkaning go‘zal she’rlarini rus va ispan tillaridan tarjima qilib, ikki marta nashr ettiradi (1979, 1989) va o‘zbek o‘quvchisining ma’naviy dunyosini boyitishga hissasini qo‘shadi.

Manba: arboblar.uz

Matnda xato koʻrsangiz, soʻzni belgilang va Ctrl+Enter ni bosib, toʻgʻrilash kiriting.

3 ta fikr

Fikringiz moderatsiyadan so‘ng saytda paydo bo‘ladi.

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: