QARZ BERILGAN NUR

Qarz berilgan nur

Muhtaram o‘quvchi!

Qo‘lingizdagi kitobdan filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos Rahmon Qo‘chqorning turli yillarda yozilgan dolzarb mavzulardagi maqolalari, Abdulla Qahhor romanlarining ijodiy tarixiga oid qiziqarli risolasi o‘rin olgan. Muallif qaysi mavzuda mulohaza yuritmasin,  insonning, jumladan, zamondoshimizning ma’naviy qiyofasini, uning ongu shuurini belgilaydigan o‘lmas qadriyatlarni o‘ziga me’zon qilib oladi. Ana shu me’zondan kelib chiqib tariximizni, adabiyotimizni, yaqin o‘tmishning mafkuraviy manzaralarini atroflicha tahlil etadi, zarur xulosalar chiqaradi. Uning mulohaza tarzidagi aniqlik, uzviylik, ilgari surayotgan fikr va xulosalarini to‘liq dalillashga intilish kishini befarq qoldirmaydi. Bunga qo‘shimcha, kitobda ko‘pchilik o‘quvchilar ommasiga yaxshi tanish bo‘lgan adabiy asarlar misolida bahs-munozaralar kechadiki, bu uning shavq bilan o‘qilishiga omil bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

Kitobga “Qarz berilgan nur” deya sarlavha qo‘yilgan. Muallif nazarida, borliq mavjudotlar ichida insongagina ravo ko‘rilgan ma’naviyat, ma’rifat, idrok, ijod, vijdon va iymon singari tanqis ne’matlarning barchasi, tom ma’nodagi qarz berilgan nurdir. Agar bu kitob qalbingizdagi shu nurga yana bir tolagina nur qo‘sha olsa, o‘zimizni maqsadga erishgan, deb hisoblaymiz.


QARZ BERILGAN NUR pdf

Matnda xato koʻrsangiz, soʻzni belgilang va Ctrl+Enter ni bosib, toʻgʻrilash kiriting.

Fikr bildiring

Fikringiz moderatsiyadan so‘ng saytda paydo bo‘ladi.

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: