Muallif haqida

Rahmon Qo‘chqor biografiyasi

Rahmon Qo‘chqor 1961-yil 18-iyunda Andijon shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning o‘zbek filologiyasi fakultetini 1987-yili tamomlagan.

1991-yilda “Abdulla Qahhor romanlarining ijodiy tarixi” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. “Iste’dod qadri”, “Men bilan munozara qilsangiz”, “Qarz berilgan nur” singari kitoblar, maktab darsliklari muallifi.

Rahmon Qo‘chqor – o‘tgan asrning 90-yillarida ekran yuzini ko‘rgan “Tuyg‘u”, “Bahs, munozara, tahlil”, “Surat va siyrat”, “O‘zlik”, “Hayrat” va boshqa bir qator ko‘rsatuvlar muallifi.

Toshkent davlat universitetining filologiya fakulteti, Alisher Navoiy nomidagi Nafis san’at litseyi, O‘zbekiston televideniyesi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni hamda Vazirlar Mahkamasida ishlagan. Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetida faoliyat yuritadi.

2006-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.


Matnda xato koʻrsangiz, soʻzni belgilang va Ctrl+Enter ni bosib, toʻgʻrilash kiriting.

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: